00:39 / 21.11.2019
0
10660

Sindzo Abe Yaponiya bosh vaziri lavozimini egallash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: TASS

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bosh vazir lavozimini egallash bo‘yicha Kunchiqar mamlakat tarixida rekord o‘rnatdi.

Abening 2006-2007 yillarda ham bosh vazir bo‘lgani inobatga olinsa, u hukumatga 2887 kundan beri rahbarlik qilmoqda. Shu munosabat bilan Abe 20 noyabrda jurnalistlarga bu lavozimdagi faoliyatiga kichik yakun yasadi.

“Hukumat har yil o‘zgarganda, eng muhim siyosiy muammolar keyinga qolib ketavergan. Siyosatga barqarorlik berish – xalq istagi bo‘ldi”, deb aytdi Abe. 

Yaponiya bosh vazirining ta'kidlashicha, u bir yil davom etgan o‘zining birinchi bosh vazirligidan saboq chiqargan, uning ma'muriyati saylovchilarning barqaror qo‘llab-quvvatloviga erishdi. 

Abe 2021 yil sentyabrgacha ushbu lavozimda qoladi.

Yaponiya bosh vaziri uning oldida turgan eng muhim vazifalar orasida mamlakatni deflyatsiyadan chiqarish, tug‘ish darajasining kamayishi muammosi, Ikkinchi jahon urushidan keyin hal qilinmay qolib ketgan diplomatik muammolarni hal qilish va mamlakat konstitutsiyasini isloh qilishni ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top