12:18 / 22.11.2019
0
5805

Davlat budjeti qonun shaklida qabul qilinmoqda: qaysi hujjatlarga qanday o‘zgarishlar kiritilyapti?

Foto: KUN.UZ

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21 noyabrda o‘tkazilgan majlisida O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi.

 Ushbu loyiha asosida Budjet va Soliq kodekslariga tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda. «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan xuquqiy normalar, yangi kiritilgan tushunchalar mazkur kodekslarga muvofiqlashtirilmoqda.

 Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlar tomonidan bildirilgan qator fikr-mulohaza va takliflar inobatga olindi. Jumladan, ularga ko‘ra, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi loyihasi ishlab chiqilgani munosabati bilan amaldagi kodeksning 27-moddasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan o‘zgartirish qonun loyihasidan chiqarib tashlanmoqda.

 Budjet kodeksining 3-moddasiga kiritilishi nazarda tutilgan «parlament ajratmalari», «fiskal prognozlar» kabi tushunchalar chiqarib tashlanib, «o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya» tushunchasi, shuningdek, 2 tushunchaga tahririy o‘zgartish kiritilmoqda.

 Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining (25-modda) hamda Oliy Majlis palatalarining budjet sohasidagi vakolatlari (251-modda) Hukumat tomonidan kiritilgan «Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida mavjudligi bois chiqarib tashlanmoqda.

 Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top