17:35 / 22.11.2019
0
26061

FVV Qamchiq dovonida YTHga uchragan Turkiya fuqarosiga yordam ko‘rsatdi

Foto: FVV matbuot xizmati

2019 yil 21 noyabr kuni soat 11:10 larda «Qamchiq» navbatchilik qismiga «Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining navbatchi-dispetcheri tomonidan xabar kelib tushgan.

FVV xabariga ko‘ra, «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan Turkiya Respublikasi fuqarosi A.X. boshqaruvidagi yuk mashinasi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 249-km.da boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchi tan jarohati olmagan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan 11 va 12-nazorat postlari qutqaruvchilari hamda «Qamchiq» qutqaruv otryadidan qutqaruv guruhi yetib bordi.

Yuk mashinasini xandaqdan chiqarib olish uchun «Transyo‘lqurilish» kompaniyasining 50 tonnalik avtokrani, «Qamchiqavtoyo‘l»dan 1 ta yuklovchi (pogruzchik) texnikalari jalb etildi. Shundan so‘ng, yuk mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top