20:35 / 22.11.2019
0
4117

O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlararo chegara demarkatsiyasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

18-22 noyabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Qoraqalpog‘iston hamda Navoiy viloyati va Qozog‘iston Respublikasining Aqto‘be, Qizilo‘rda, Mang‘istau viloyatlari o‘rtasidagi uchastkalardagi Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tayyorlandi.

Komissiya 2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining yig‘ilishlari reja-jadvalini tasdiqladi.

Muzokaralar an'anaviy do‘stlik va hamjihatlik muhitida o‘tdi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top