18:00 / 22.11.2019
2
18612

Yodju rektori: «Bizda «NB» degan narsa yo‘q! Davomat bo‘yicha jurnal yuritilmaydi»

Janpo‘lat Kudaybergenov o‘zi rahbarlik qilayotgan Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida «NB» degan narsa yo‘qligi, talabalarning davomati qayd etib boriladigan jurnal yuritilmasligini ma'lum qildi.

«Bizda oliy ta'lim muassasalarida an'anaga aylanib ulgurgan «NB» degan narsa yo‘q! Institutimizda o‘qituvchilar dars boshlanganda talabalarni yo‘qlama qilishmaydi. Sababi biz «O‘qi!» deb talabalarning orqasidan yurmaymiz. U pul to‘lab tahsil olyaptimi, institutga o‘qiyman deb kelishi, o‘zi uchun o‘qishi kerak.

O‘qiydigan talabani qo‘llab-quvvatlaymiz. Institutimizning o‘quv korpuslari, moddiy-texnik bazasi jahon darajasida. Talabalarga yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bilim olishi uchun hamma narsa bor. Faqat o‘qishsa bo‘lgani. Ertaga SKILLS va KNOWLEDGE bo‘lsa, talabaga diplomni beramiz. Talaba institutimizni muvaffaqiyatli tugatsa, u ertaga bizning yuzimiz. Shularning orqasidan boshqalar o‘qishga keladi», deya Janpo‘lat Kudaybergenovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«Yangilanayotgan jamiyatda yoshlarning ijtimoiy faolligi: muammo va yechimlar» mavzusidagi konferensiyasida rektor O‘zbekistonga endi xususiy oliy ta'lim muassasalari kirib kelayotgani juda yaxshi hodisa ekani, bu albatta oliy ta'lim sohasidagi raqobatga ijobiy ta'sir qilishini qayd etib o‘tdi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top