01:21 / 24.11.2019
0
4994

Davlat departamenti Facebook va Twitter rahbariyatini Ruhoniy va Zarifning akkauntlarini o‘chirib qo‘yishga chaqirdi

Foto: Pixabay

AQSh Facebook, Twitter va Instagram ma'muriyatini Eronda internetni o‘chirib qo‘ygani uchun ushbu davlat rahbarlarining akkauntlarini bloklashga chaqirdi.

Departament Twitter’da AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xukning tegishli murojaatini joylashtirdi.

"Bu juda ikkiyuzlamachi rejim. Hukumat internetni o‘chirib qo‘yadi, o‘zlari esa ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaridan foydalanishda davom etadi. Biz Facebook, Twitter va Instagram’ni oliy yetakchi Ali Homanaiy, TIV rahbari Zarif, prezident Ruhoniyning akkauntlarini ular o‘z xalqi uchun internetni tiklamagunicha bloklashga chaqiramiz", deyiladi murojaatda.

Eron hukumati 16 noyabrda mamlakatda internetni o‘chirib qo‘ydi. Bunga benzin narxi oshishi sababli boshlangan namoyishlar sabab bo‘ldi.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top