23:48 / 24.11.2019
0
19191

Pensioner o‘z velosipediga 45 ta smartfon o‘rnatdi

70 yoshli tayvanlik erkak o‘z velosipediga 45 ta smartfon o‘rnatdi. E'tiborlisi, smartfonlardan har birida Pokemon GO o‘yinini o‘ynash mumkin.

Antiqa xobbiga ega bu erkak haqida avval ham ma'lum qilingan. Qariya dastlab Pokemon GO’ni 9 ta smartfonda o‘ynashni boshlagan. So‘ngra smartfonlar soni 15 taga, keyin 21 taga yetgan. Erkak smartfonlarni velosipedga o‘rnatish uchun unga maxsus konstruksiyani o‘rnatgan.   

Shuning evaziga Pokemon GO ixlosmandi o‘z “asboblar paneli”ni anchagina kengaytirib oldi. Ilova qilingan videoda qariya ko‘plab smartfonlarda chaqqonlik bilan Pokemon GO o‘ynayotganini ko‘rish mumkin.

Erkakning aytishicha, u bu o‘yin haqida nabirasidan xabar topgan. Qariyaning ta'kidlashicha, o‘yin unga tanani tonusda, miyani esa o‘tkir holda saqlashda yordam beradi.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top