10:00 / 25.11.2019
0
8944

Bir nechta marta firibgarlik jinoyatini sodir etgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi

Foto: Shutterstock

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi firibgarlikda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Muqaddam sudlangan B.K. o‘zining jinoiy harakatlarini 2017 yilda boshlagan, u o‘zganing mol-mulkini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida fuqarolarga o‘zini go‘yoki Tashqi mehnat migratsiya xizmatining xodimi sifatida tanishtirib, poytaxtda yashovchi M.D.ni qonuniy tartibda Janubiy Koreya davlatida ishga joylashtirishga va'da berib, M.D.dan 2000 AQSh dollar pullarini olgan va bergan va'dasini bajarmasdan o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, B.K. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2018 yilda hamqishloqlari G.N. va S.J.ni rasmiy ravishda qonuniy yo‘l bilan Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishini va'da qilib, ularni ham aldab 7.600 AQSh dollar pullari va fuqarolik pasportlarini qo‘lga kiritib, bergan va'dasini bajarmasdan o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

B.K. o‘zining jinoiy rejasiga ko‘ra analogik ravishda firibgarlik jinoyatlarini sodir etishda davom etib, aldov yo‘li bilan o‘zining hamqishloqlari Ch.N., B.N. va U.A.dan jami 11.400 AQSh dollar miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritishga erishgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishi bo‘yicha B.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) va 227-moddasi 2-qismi «a» bandi (hujjatlarni egallash yoki yashirish) bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

2019 yil 8 noyabr kuni JIB Termiz shahar sudining hukmiga ko‘ra, B.K. yuqoridagi moddalar bo‘yicha aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top