01:00 / 25.11.2019
0
4880

Ruminiyaning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘olib bo‘ldi

Foto: AFP

Ruminiyaning amaldagi prezidenti Klaus Yoxannis 24 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarining 2-bosqichida 66,5 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.   

Saylov uchastkalari yopilishi bilanoq ekzitpol ma'lumotlari berila boshlangan. Yoxannisning raqibi Viorika Denchilega 33,5 foiz ovoz berilgan.

Ovoz berishda jami qayd qilingan saylovchilarning 49,84 foizi ishtirok etgan.

Shu tariqa, Yoxannis yana 5 yillik muddatga Ruminiya prezidenti sifatida faoliyat yuritadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top