08:39 / 27.11.2019
2
12719

Afg‘onistonlik yoshlarning yana bir guruhi tahsil olish uchun O‘zbekistonga keldi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

O‘zbekistonda oliy ma'lumot olish va malakali mutaxassis bo‘lish istagida tashrif buyurgan 147 nafar afg‘onistonlik yoshlardan iborat delegatsiya 2019 yil 25 noyabr kuni “Hayraton” chegara postida tantanali kutib olindi.

Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Afg‘on fuqarolarini o‘qitishga mo‘ljallangan ta'lim markazida tahsil olishadi.

Afg‘onistonlik yoshlardan 119 nafari O‘zbek tili va adabiyoti, 18 nafari Akusherlik va hamshira ishi hamda 10 nafari Yer usti transport tizimlari va ekspluatatsiya, lokomotiv va vagonlar ishi ta'lim yo‘nalishlarida o‘qishadi. 

Talabalarga mashg‘ulotlar olib borish uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasidan professor-o‘qituvchilar jalb etilgan, deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top