07:50 / 27.11.2019
0
23257

Samarqandda YTH: chet el fuqarosi halok bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

Samarqanddagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida chet el fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

2019 yil 24 noyabr kuni taxminan soat 20:00da haydovchi, Tojikiston Respublikasi fuqarosi 27 yoshli E.N. boshqaruvidagi «Opel» rusumli avtomashinasida Buxoro-Samarqand yo‘nalishida «Buxoro-Samarqand» M-37 avtomobil yo‘lining 141-km.da harakatlanib ketayotgan vaqtida uxlab qolishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi E.N. hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yo‘lovchisi 28 yoshli U.Q. turli tan jarohatlari bilan Paxtachi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 24 noyabr kuni Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top