21:12 / 27.11.2019
0
15158

Venesuelalik harbiylar giyohvandlik moddasi olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Venesuela qurolli kuchlari mamlakat havo sarhadini kesib o‘tishga uringan bortida giyohvandlik moddalari bo‘lgan samolyotni urib tushirdi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligining Twitter sahifasida ma'lum qilindi.

Bu narkomafiyaning noyabr oyida Venesuela orqali o‘tishga uringan uchinchi samolyotidir. Avvalgi ikki samolyot 17 va 19 noyabr kuni aniqlangandi. 

Avgust oyida Venesuela qurolli kuchlari Kolumbiyadan giyohvandlik moddalari olib kelayotgan ikkita samolyotni urib tushirgandi.

2013 yilda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro narkomafiyaning mamlakat hududi uzra uchib o‘tadigan har qanday samolyotini urib tushirishga ruxsat beruvchi qonun tasdiqlanganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top