03:30 / 27.11.2019
0
16945

YeChL. «Siti» va «Tottenhem» pley-offga chiqdi, «Real» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Levandovskidan poker

Foto: AP

Yevropa Chempionlar Ligasining to‘rtta guruxida  5-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.

5-turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan navbatdagi uch jamoaning nomi ma'lum bo‘ldi. Bular – «Real», «Manchester Siti» va «Tottenhem»

Tur doirasida «Real» «PSJ»dan revansh ololmadi, tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi. «Yuventus» Dibalaning goli evaziga «Atletiko»ni mag‘lub etdi. 

Mourinoning YeChLga qaytishi omadli bo‘ldi va «Tottenhem» kambek qilib, pley-off chiqdi. «Bavariya» esa mehmonda javobsiz 6ta gol urdi, Levandovski pokerga erishdi.

Faqat S va D guruhlarida ikkinchi o‘rin bilan yo‘llanmani qo‘lga kiritadigan klublarni aniqlash so‘nggi turga qoldi.

YeChL, 5-tur, 26 noyabr

A guruhi

Real – PSJ 2:2
Gollar: Benzema (17, 79) – Mbappe (81), Sarabiya (83).
Real: Kurtua, Marselo, Varan, Ramos, Karvaxal, Isko (Rodrigo, 82), Kroos, Valverde (Modrich, 76), Kazemiro, Azar (Beyl, 67), Benzema.
PSJ: Navas, Mene, Tiago Silva, Bernat, Markinos, Verratti, Guyye (Neymar, 46), Di Mariya (Sarabiya, 75), Kimpembe, Mbappe, Ikardi (Draksler, 75).
Ogohlantirishlar: Marselo (68), Myone (88).

Galatasaroy – Bryugge 1:1
Gollar: Byuyuk (11) – Dyatta (90+2).

V guruhi

Tottenhem – Olimpiakos 4:2
Gollar: Alli (45+1), Keyn (50, 77), Ore (73) – El-Arabi (7), Semedu (19). 

Tsrvena Zvezda – Bavariya 0:6
Gol: Goretska (11), Levandovski (53 penalti, 60, 64, 67), Tolisso (89).

S guruhi

Atalanta – Dinamo Z 2:0
Gollar: Murel (27, penalti), Gomes (47).

Manchester Siti – Shaxtyor 1:1
Gollar: Gyundogan (56) – Solomon (69).

D guruhi

Yuventus – Atletiko M 1:0
Gol: Dibala (45+2).
Yuventus: Shchesni, Danilo, Bonuchchi, De Shilo, de Ligt, Remzi (Bernardeski, 63), Bentankur (Xedira, 86), Pyanich, Matyuidi, Ronaldu, Dibala (Iguain, 76).
Atletiko: Oblak, Felipe, Lodi (Lemar, 64), Tripper, Ermoso, Koke, Saul, Errera (Korrea, 60), Tomas, Vitolo (Felish, 54), Morata.
Ogohlantirishlar: Ermoso (32), Bentankur (35), Lodi (40), Saul (52), Errera (58).

Lokomotiv – Bayyer 0:2
Gollar: Jyemaletdinov (11, avtogol), Sven Bender (54).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top