23:41 / 29.11.2019
0
5782

Iroq bosh vaziri iste'foga chiqishga qaror qildi

Iroq bosh vaziri Odil Abdulmahdiy Iroqda ikki oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar ortida iste'foga chiqishini aytdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi

“Men parlamentga yangi nomzodlar ko‘rib chiqa olishi uchun bosh vazir lavozimidan ketishim haqida rasmiy iltimosnomani taqdim etaman”, deb aytgan Abdulmahdiy.

Iroq bosh vaziri parlamentni iste'fosi haqida qachon xabardor qilmoqchiligi ma'lum qilinmagan.

Bosh vazir bu bayonotni iroqlik shialar o‘rtasida eng nufuzli diniy shaxs hisoblangan oyatulloh Ali as-Sistaniyning juma namozdagi ma'vizasidan keyin bergan. As-Sistaniy parlamentni Iroq hukumati borasida o‘z tanlovini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top