08:57 / 29.11.2019
0
6094

«Nukus» EIZ chegaralari belgilandi

Ular Vazirlar Mahkamasining uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan 22.11.2019 yildagi 941-son qarorida ko‘rsatilgan, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib o‘tamiz, «Nukus» EIZ - «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasini qayta tashkil etish natijasi. Uning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari, shuningdek faoliyat ko‘rsatish muddatlari, soliq va bojxona rejimlarining xususiyatlari prezidentning 2019 yil 4 sentyabrdagi PF-5809-son farmonida keltirilgan.
 
Qabul qilingan hujjat to‘qqizta yer uchastkasidan iborat «Nukus» EIZning chegaralarini belgiladi.
 
Shuningdek, EIZ direksiyasining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi. U ikkita bo‘lim (EIZ infratuzilmasini rivojlantirish hamda xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish), buxgalter va yuriskonsultdan iborat. Boshqaruv xodimlarining umumiy soni – 7 nafar. Direksiya ustav fondining miqdori 1 mlrd so‘mni (ilgari – 300 mln) tashkil etadi. Direksiyaning muassisi – Vazirlar Mahkamasi.
 
Hujjat 22.11.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top