14:03 / 29.11.2019
1
80081

O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ

Bugun sovuq antitsiklon chegarasi Qozog‘istonning shimoli-sharqiy qismiga siljib, uning O‘zbekiston hududiga ta'siri asta kamayadi. Kunduzi havo harorati ko‘tarilib 4-9 daraja iliqni tashkil qiladi, biroq bu harorat ham me'yordan past.

«O‘zgidromet»ning yozishicha, dam olish kunlari Kaspiy dengizi janubidan iliq va nisbatan nam havo oqimining kirishi bilan mamlakat hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 1 dekabrda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat foni ko‘tarilib boradi hamda kechasi 0-3 daraja iliq, kunduzi 12-15 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top