23:26 / 30.11.2019
0
50965

Yevro-2020 final bosqichiga qur'a tashlandi: Fransiya, Portugaliya va Germaniya bir guruhda

Ruminiya poytaxti Buxarestda 2020 yilda o‘tkaziladigan Yevropa chempionati final bosqichiga qur'a tashlandi.

Uning natijalariga ko‘ra, guruhlar quyidagicha shakllandi:

A guruhi (o‘yinlar Rim va Bokuda o‘tkaziladi)
Italiya
Shveytsariya
Turkiya
Uels

B guruhi (Sankt-Peterburg, Kopengagen)
Belgiya
Rossiya
Daniya
Finlyandiya

C guruhi (Amsterdam, Buxarest)
Ukraina
Niderlandiya
Avstriya
Pley-off A g‘olibi (Islandiya/Ruminiya/Bolgariya/Vengriya)

D guruhi (London, Glazgo)
Angliya
Xorvatiya 
Chexiya
Pley-off S g‘olibi (Shotlandiya/Isroil/Norvegiya/Serbiya)

E guruhi (Bilbao, Dublin)
Ispaniya
Shvetsiya
Polsha
Pley-off V g‘olibi  (Bosniya va Gersegovina/Shimoliy Irlandiya/Slovakiya/Irlandiya )

F guruhi (Myunxen, Budapesht)
Fransiya
Portugaliya
Germaniya
Pley-off D g‘olibi (Gruziya/Belarus/Shimoliy Makedoniya/Kosovo)

Eslatib o‘tamiz, saralashning pley-off o‘yinlari 26-31 mart kunlari o‘tkaziladi.

Yevro-2020 final bosqichi 12 iyun – 12 iyul kunlari Yevropaning 12ta shahrida o‘tkaziladi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 4ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l olishadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top