19:50 / 01.12.2019
0
14459

UYeFA hakamlik qo‘mitasi vakili: «Ermatov - afsona, sobiq ittifoq davlatlarida uning darajasidagi hakam yo‘q»

UYeFA hakamlik qo‘mitasi vakili, sobiq xalqaro toifadagi hakam Nikolay Levnikov o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov haqida o‘z fikrlarini bildirar ekan uni afsona deb atadi. 2001-2006 yillarda Rossiya hakamlik kengashini boshqargan Levnikov Ermatovdan ko‘p narsa o‘rganish mumkinligini aytdi.

«Ermatov — afsona. Uchta jahon chempionatida ishlash ajoyib natija. Ha, Rossiyada ham yaxshi funksionerlar bor, ammo Ermatov ishtirokida seminar o‘tkazilsa, bu juda foydali bo‘lardi. Gap bilimda emas, tajribada. Ermatov darajasidagi hakam sobiq ittifoq davlatlarida yo‘q.

Ermatov funksionerlikda ham muvaffaqiyatli ishlashi mumkin. Masalan shvetsiyalik hakam Karl-Erik Nilson Shvetsiya futbol ittifoqini boshqargan, u UYeFAda vitse-prezident ham hisoblanadi»,— deydi Levnikov.

Ravshan Ermatov O‘FA vitse-prezidenti lavozimida ish boshlagach, birorta o‘yinda hakamlik qilmadi. 27 noyabr kuni uning faoliyatini yakunlagani rasman e'lon qilindi va OFKda bu borada maxsus yig‘ilish ham o‘tkazildi. Ermatov jahon chempionatlarida 11 ta o‘yinni boshqargan va bu borada mutloq rekordchi hisoblanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top