09:44 / 02.12.2019
1
10447

AQSh politsiyasiga ilk bor robot-it ishga qabul qilindi 

Foto: TASS / Laura Chiesa/Zuma

AQSh politsiyasiga ilk bor itga o‘xshash robot Spot ishga qabul qilindi. Bu haqidagi tegishli shartnoma Massachusets shtatida tuzilgan, deb xabar berdi Business Insider nashri.

Robot-it avgustdan noyabrgacha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Ta'kidlanishicha, Spot politsiyaga gumonlanuvchilar yashiringan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli hududlarni tekshirish uchun kerak. Shartnomada robot-it odamlarga jismoniy zarar yetkazmasligi va tahdid qilmasligi belgilab qo‘yilgan. Agar bu shartlar buzilsa, unda robot ishlab chiqaruvchisi uni qaytib oladi.   

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top