18:30 / 02.12.2019
0
3388

Italiyalik kuzatuvchi Sirdaryo viloyatida saylov jarayonlariga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Foto: XMM viloyat bo‘limi

Italiyalik xalqaro kuzatuvchi, Pezaro shahridagi Agrar universiteti professori Rikkardo Renga Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro Matbuot markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. 

Mehmon tashrif davomida Xalqaro Matbuot markazi viloyat bo‘limi rahbari Farxod Boqiyev bilan saylov jarayonlari yuzasidan suhbatlashdi. 

Rikkardo Rengaga Xalqaro Matbuot markazi viloyat bo‘limi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi. 

Foto: XMM viloyat bo‘limi

Bundan tashqari, markazda OAVlari xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, tezkor axborot almashinuvini ta'minlash bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi bilan internet tarmog‘i orqali aloqa amalda ko‘rsatib berildi. 

Italiyalik kuzatuvchi Sirdaryo viloyatida saylov jarayonlariga tayyorgarlik va bugungi kundagi faoliyat bo‘yicha aniq ma'lumotlar olganidan ko‘ngli to‘lganini bildirib o‘tdi.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top