14:32 / 02.12.2019
0
12708

Xitoy AQShga nisbatan sanksiyalar joriy etdi

Foto: REUTERS

Xitoy Amerikaning Hongkongga harbiy kemalar va samolyotlari kelishi to‘g‘risidagi so‘rovini ko‘rib chiqishni to‘xtatadi, deb ma'lum qildi XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin.

Pekin shuningdek, AQShning qator nohukumat tashkilotlari, jumladan Human Righs Watch, NDI va Freedom House tashkilotlariga nisbatan sanksiya kiritadi.

Bu choralar Vashingtonning Hongkong bo‘yicha qabul qilgan qonuniga javob bo‘ladi.

"Bu qachon tugashi AQShning keyingi qadamlariga bog‘liq", — deb ta'kidladi diplomat.

Avvalroq Amerika prezidenti Donald Tramp Hongkong to‘g‘risida ikkita – inson huquqlari va demokratiyani himoya qilish hamda u yerga politsiya ekipirovkalarini jo‘natishni taqiqlash to‘rg‘risidagi qonunlarni imzolagandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top