09:00 / 03.12.2019
10952
Reklama

LG changyutkichlari: chang va shovqinsiz

Foto: LG

Ko‘plab changyutkichlarning bizga ma'lum bo‘lgan afzalliklari bilan bir qatorda, ularning sezilarli kamchiliklari ham mavjud: changyutkich qopini doimo tozalab turish va noqulay harakat. Agar uyda mana shunday mayda noqulayliklarga chalg‘imasdan namunali tartibni o‘rnatmoqchi bo‘lsak, nima qilish zarur? O‘zingizning xohishingizga mos kleadigan maishiy texnikani sotib olish kerak.  LG  kompaniyasi mutaxassislari aynan shunday model VK89304HUM – maxsus chang kompressiyasi tizimiga ega changyutkichni taqdim etishdi. Va bu nega uni xarid qilish kerakligini isbotlovchi sabablardan bittasidir.

Kamroq degani – ko‘proqni anglatadi

Noyob kompression parrak changyutkichga tushadigan changni presslaydi. Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak – kirni bir-biriga mahkam yopishtirgan holda qattiq siqadi va yangi tozalashlar uchun joy bo‘shatib beradi. Mana shu funksiya tufayli siz nafaqat changyutkich qopining xizmat qilish muddatini bir necha barobarga oshirasiz, balki ish samaradorligingizni ham yo‘qotmaysiz. Havo tizim orqali yengilgina o‘tadi, bu esa o‘z navbatida bir necha yillardan keyin ham changyutkichning dastlabki kuchi saqlanib qolishiga kafolat beradi. Changyutkichda to‘plangan kirlarni tozalash bir necha soniya vaqtni oladi – siz shunchaki briketni tashlasangiz bo‘ldi va buni bir necha barobar kamroq bajarishingizga to‘g‘ri keladi. Presslangan chang – xonadagi toza havo kafolatidir. U changyutkichni tozalayotgan vaqtingizda polga cho‘kmaydi, o‘pkangizga kirmaydi, divan ortiga yashirinib olmaydi. Stakanning qulay shakli esa teringizni changga tegishidan himoya qiladi.

Boshqarishdagi yengillik

Changyutkichning bu modelini hattoki yosh bola ham eplay oladi. U juda ham yengil – bor-yo‘g‘i 6 kilogramm bo‘lib, uzunligini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan teleskopik alyuminiyli trubkasi mavjud. Boshqaruv paneli esa changyutkich dastagiga qulay tarzda joylashtirilgan. Yutish quvvati hattoki serjun bo‘lgan yuzani ham tez va sifatli tozalashga imkon beradi, bir necha xildagi nasadkalar esa eng qiyin va murakkab yerlarda ham tozalashga yordam beradi.

Tozalik qo‘riqchisi

 LG VK89304HUM changyutkichida to‘rt qatlamli ko‘mirli filtr joylashgan bo‘lib, uning funksiyasi tozalash chog‘ida xonani toza havo bilan ta'minlab beradi. U yoqimsiz hidni bartaraf etib, changyutkich ichiga yopishib oluvchi eng kichik chang zarrachalarini ham filtrlaydi, bakteriyalarni yo‘q qiladi. Aynan shu sababli, bunday changyutkichni sotib olish  – o‘z oilasi salomatligi haqida qayg‘uruvchi insonlar uchun oqilona yechimdir.

LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq «Abu-Saxiy»);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «GOODZONE» do‘konlari tarmog‘i (+99871 207 03 07);
  • «Credit Asia» do‘konlar tarmog‘i (+998 78 140 00 11);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top