18:40 / 03.12.2019
0
11457

Sayyohlar orasida eng ommabop shaharlar reytingi e'lon qilindi

Foto: Paul Yeung/Bloomberg

Hongkong jahonning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shahar maqomini saqlab qoldi. Bu haqda Euromonitor International tashkilotining "Top 100 City Destinations 2019" reytingiga asoslanib Bloomberg xabar berdi. Reyting to‘liq bo‘lmagan bir yillik davrni o‘z ichiga olgan.

Undan keyingi o‘rinlarni Bangkok, Makao va Singapur egalladi.

London dastlabki beshlikni yakunlab beradi. Bu shahar ilgari uchinchi o‘rinni egallagandi, ammo Brexit YeI fuqarolari uchun keskin vizaviy cheklovlarga olib kelmoqda.

Ekspertlar shuningdek, Barselona, Milan va Venaga turistlarning tashrifi kamayishi hamda Xorvatiya, Sloveniya va Shvetsiyaga esa oshishini taxmin qilishmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top