10:45 / 03.12.2019
0
8820

«Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi

«Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonunga muvofiq, volontyorlik faoliyati – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bepul asosda amalga oshiriladigan, jamoat uchun foydali bo‘lgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanadi.

Volontyorlik faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

yakka tartibdagi volontyorlik faoliyati;

volontyorlar guruhi tarkibidagi volontyorlik faoliyati;

volontyorlik tashkiloti orqali volontyorlik faoliyati.

Kam ta'minlanganlarni, ishsizlarni, ko‘p bolalilarni va boshqa shu kabi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yordam ko‘rsatish volontyorlik faoliyatini amalga oshirish yo‘nalishlaridan biridir.

18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Volontyorlik volontyor va volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi o‘rtasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.

Volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi, agar u volontyorlik faoliyati bilan oyiga 20 soatdan ko‘proq band bo‘lsa, volontyor bilan volontyorlik shartnomasini tuzishi shart.

Volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi volontyorga maxsus kiyim-bosh beradi hamda volontyorlik aksiyasi o‘tkazilayotgan joyga kelib ketishi uchun yo‘l haqi, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top