10:50 / 04.12.2019
0
8898

Andijonda uyda ta'lim olayotgan o‘quvchilarga Hasanboy Do‘smatov hamrohligida sovg‘alar ulashildi

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi qator tadbirlar o‘tkazdi.

Jumladan, viloyat XTB boshlig‘i Furqatbek Buzrukov boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov hamrohligida Jalaquduq, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Andijon shahridagi maktablarning uyda ta'lim olayotgan o‘quvchilari holidan xabar olib, ularga esdalik sovg‘alarini ulashdi. 

Shuningdek, bu o‘quvchilarga Hasanboy Do‘smatovning dastxati tushirilgan suvenir boks qo‘lqoplari tuhfa etildi. Rasulova Zaynura, Foziljonov Javohir, Madaminova Mohichehra, Sayfuddinova Oyshaxon, Hamdamov Shukurillo, Rahmatullayev Oxunjon, Qahramonjonov Shavkatbek, Yusupova Mubina, Seytmuratova Nafosat, Ziyoyidinova Mubina, Siddiqov Shoyadbek va Umaraliyeva Gullola kabi o‘quvchilar bunday e'tibordan mamnun bo‘lib, minnatdorchilik bildirishdi. 

O‘quvchilarning holidan xabar olish, ularning o‘qish sharoitlarini yanada yaxshilash ishlari davom etyapti.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top