07:42 / 04.12.2019
0
64848

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi 

Foto: Global Look Press/Muhammad Fauzy

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 2019 yil 4 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:35da O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi. 

Koordinatalar 39,81 gradus shimoliy kenglik, 68,01 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik h=18 km. Toshkentgacha masofa 191 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Guliston: 100 km; 2 ball
Jizzax: 37 km; 3 ball
Samarqand: 91 km; 2 ball.

Bundan oldin, 3 dekabr kuni, Afg‘onistondagi yer silkinishi kuchi O‘zbekistonda ham sezilgandi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top