14:24 / 07.12.2019
0
8880

Samarqandda 546 oila quvonchi

Samarqand shahri Qorasuv massividagi «Obod maskan» mahallasida Bosh Qomus kuni qabul qilingan kun munosabati bilan 546 xonadondan iborat 13 ta qo‘p qavatli arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi PQ-3350 sonli qaroriga muvofiq «O‘zshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida bunyod etilgan mazkur turarjoylarda aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, Samaraqand viloyatida ushbu kompaniya buyurtmachiligida shu kungacha zamonaviy loyihalar asosida 61 ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar bunyod etildi. 

Xususan, 2017 yil dasturga muvofiq Samarqand shahrida 9 ta 5 qavatli jami 405 xonadonli uylar qurib bitkazilgan. 2018 yilda esa jami 36 ta turarjoy barpo etilgan. Shundan Samarqand shahrida 32 ta 7 qavatli jami 1344 xonadonli uylar qurilgan bo‘lsa, Kattaqo‘rg‘on shahrida 4 ta 180 xonadonli 5 qavatli arzon ko‘p qavatli uylar qurib foydalanishga topshirilgan. Ushbu uylarning 32 tasi 2 yo‘lak, 42 xonadon 4 tasi esa 3 yo‘lak, 45 xonadondan iborat. 

2019 yil dasturiga muvofiq Samarqand shahrida jami 13 ta 7 qavatli 546 xonadonli hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida 3 ta 5 qavatli 135 xonadonli uylarni qurilishi belgilangan edi. Dastur ijrosi o‘z vaqtida sifatli amalga oshirildi. E'tiborlisi, joriy yildan boshlab zamonaviy loyihalar asosida barpo etilgan turarjoylar atrofini obodonlashtirish, bolalar maydonchalari bunyod etish va tashqi kommunikatsiya ishlariga ham o‘zgacha yondashildi. 

Uylarni foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimga viloyat hokimi, nuroniylar va quruvchilar ishtirok etib yangi xonadon sohiblarini muborakbod etdi. 

«O‘zshahar qurilish invest» matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top