18:16 / 09.12.2019
0
5051

Turkiya Fransiyaga IShIDning 11 jangarisini deportatsiya qildi

Foto: AP Photo / Emrah Gurel

Anqara IShID terrorchi tashkilotiga a'zolikda ayblangan 11 nafar fransiyalikni o‘z vatanlariga deportatsiya qildi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

Turkiya TIVning ma'lumot berishicha, Anqara 11 noyabrdan buyon 59 xorijlik jangarini deportatsiya qilgan, ulardan 26 nafari AQSh va Yevropa mamlakatlariga qaytarilgan. 

Ayni paytda Turkiyada 1,2 mingga yaqin IShID a'zosi hibsda saqlanmoqda.

Turkiya avvalroq terrorchilarga qo‘shilish uchun Yevropadan Yaqin Sharqqa kelgan jangarilarni o‘z vatanlariga qaytarib yuborishini ma'lum qilgandi.

Xorijlik ekstremistlarni deportatsiya qilish jarayoni 11 noyabrdan boshlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top