17:21 / 10.12.2019
0
11245

Afg‘oniston shimolida toliblar 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi

Foto: epa/vostock-photo

"Tolibon" harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyati Fayzobod uyezdida 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar berdi Pajhwok.

Agentlikning xabariga ko‘ra, oqsoqollar mahalliy mudofaa otryadi komandirlaridan birining janoza marosimiga kelgan bo‘lgan.

Fayzobod uyezdi boshlig‘i Alaf Shoh Attay qariyalar qabilalar oqsoqollari bo‘lganini va kuch tuzilmalariga hech qanday aloqalari bo‘lmaganini ma'lum qildi.

Agentlikning qayd etishicha, mahalliy hokimiyat o‘g‘irlab ketilgan qariyalarni ozod qilish chorasini ko‘rmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top