21:24 / 11.12.2019
0
11653

Shveytsariya prezidenti ayol kishi bo‘ldi 

Simonetta Sommaruga /Foto: Reuters

Shveytsariya parlamenti ikki palataning umumiy majlisida hukumat - Federal kengash a'zolari orasidan 2020 yil uchun mamlakat prezidentini sayladi.

Yirik partiyalar kelgan qarorga ko‘ra, atrof-muhit, transport, energetika va aloqa vaziri Simonetta Sommaruga prezident etib saylangan.

Vitse-prezident lavozimini iqtisodiyot, ta'lim va tadqiqotlar vaziri Gi Parmelen egallagan.

Bundan tashqari, 4 yillik muddatga 7 vazir – Federal kengash a'zolari tanlab olingan. Rasman mamlakatni boshqarish kengash a'zolari tomonidan jamoaviy tarzda amalga oshirilsa-da, ulardan har biri navbati bilan prezident lavozimini egallaydi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top