10:42 / 13.12.2019
2
6031

Bosh prokuror o‘rinbosari korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb jihatlari haqida gapirdi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida 9 dekabr - «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash» kuniga bag‘ishlangan «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari: yutuqlar va ustuvor vazifalar» mavzusida xalqaro media-forum bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa qator vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari,  ommaviy axborot vositalari vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishyapti.

Tadbirni ochish vaqtida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

«Shubhasiz, korrupsiya muammosi har qanday davlat uchun muhimdir. Korrupsiya - biznes muhitini buzadi, davlatning imkoniyatlarini pasaytiradi, mamlakatning orzusiga ta'sir ko‘rsatadi. 

Shu sababli, korrupsiya darajasini keskin pasaytirish albatta mamlakatning oldida turgan strategik vazifadir. 

Mazkur vazifani bajarish mamlakatda mulk huquqini himoya qilish, shuningdek, huquqiy tizimni mustahkamlash va tadbirkorlar erkinligini kengaytirish bilan bog‘liq», deya Erkin Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top