16:30 / 16.12.2019
1
36647

Chempionlar ligasida 1/8 finalga qur'a tashlandi

Bugun, 16 dekabr kuni Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi. 

Qur'a natijalariga ko‘ra «Real» «Siti»ga qarshi o‘ynaydi, «Barselona» yana Italiyaga safar qiladigan bo‘ldi.

«Borussiya» (Dortmund, Germaniya) – «Pari Sen-Jyermen» (Fransiya)
«Real» (Ispaniya) – «Manchester Siti» (Angliya)
«Atalanta» (Italiya) – «Valensiya» (Ispaniya)
«Atletiko» (Ispaniya) – «Liverpul» (Angliya)
«Chelsi» (Angliya) – «Bavariya» (Germaniya)
«Lion» (Fransiya) – «Yuventus» (Italiya)
«Tottenhem Hotspur» (Angliya) – «RB Leypsig» (Germaniya)
«Napoli» (Italiya) – «Barselona» (Ispaniya)

1/8 finalda bitta guruhdan chiqqan jamoalar va bitta ligaga mansub bo‘lgan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelmadi. Saralanganlar savatchasida bo‘lgan jamoalar 1/8 finalning javob uchrashuvlarini o‘z maydonida o‘tkazishadi.

Chempionlar ligasi pley-offida ilk marta faqat top-5 ligalar vakillari ishtirok etishmoqda.

1/8 finalning birinchi o‘yinlari 18, 19, 25 va 26 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob bahslari — 10, 11, 17 va 18 mart kunlariga belgilangan. O‘yinlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan soat 01:00. Chorak final va yarim final uchun qur'a tashlash marosimi 20 mart kuniga belgilangan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top