09:32 / 16.12.2019
0
13143

Tanishini ijtimoiy tarmoqlarda sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik sodir etgan shaxs ushlandi

2019 yil 8 dekabr kuni 25 yoshli O. Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, u 2019 yil avgust oylarida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida 21 yoshli R.A. ismli shaxs bilan tanishib o‘zaro uchrashib yurganligini, R.A. uni sharmanda qiluvchi ma'lumotlarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 1.700 AQSh dollari miqdorida pul talab qilayotganligini bildirib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

2019 yil 8 dekabr kuni soat 18:00da Past Darg‘om tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.A. so‘ralgan pullarning bir qismi, ya'ni 600 AQSh dollarini olayotganida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov jarayonida R.A.ga ayblov e'lon qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top