20:40 / 18.12.2019
3
78904

Yunusoboddagi avariya joyida halok bo‘lgan ikki kishining shaxsiga aniqlik kiritildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan holat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi.

Foto : KUN.UZ

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish ishlari vaqtida ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, vazirlik qurbonlarning shaxsiga aniqlik kiritgan.

Ayni paytda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda holatni zudlik bilan bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

«Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan ikki kishining jasadi olib chiqilgan va ularning shaxsi aniqlangan:
1.  J.Ravshanov, 1989 yilda tug‘ilgan.
2.  O.Abdullayev, 1989 yilda tug‘ilgan.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda», deyiladi FVV xabarida.

Bundan avvalroq, Kun.uz manbasi Yunusoboddagi metro qurilishida yuz bergan avariya joyida 3 kishining jasadi topilgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Yunusoboddagi fojia
18 dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yer o‘pirilishi ro‘y berib, 6 nafar ishchini tuproq bosib qoldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top