17:09 / 18.12.2019
0
76522

Yunusoboddagi metro avariyasi: Bir necha ishchining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda

Avariya oqibatida kamida 5-6 kishi tuproq ostida qolib ketgan. Ayni vaqtda ularning taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishida sodir bo‘lgan yer o‘pirilishidan keyin bir necha kishi bedarak ketgan.

Voqea joyida bo‘lgan Kun.uz muxbiri ishchilardan biridan olgan ma'lumotga ko‘ra, u o‘z ukasini topa olmayapti. Unga ukasi va yana bir necha ishchi tuproq ostida chiqarib olingani, jabrlanganlar shifoxonaga olib ketilgani haqida aytishgan. U tez orada yaqinlari bilan uchrashishga umid qilmoqda.

«Men hozir u qayerdaligini bilmayman. Shifoxonaga olib ketildi deyishdi. Borib bilamiz», degan u.

Shu bilan birgalikda, Kun.uz’ning Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasiga ko‘ra, avariya sodir bo‘lgan vaqtdan buyon tez yordam mashinalarida biror kishi shifoxonaga olib borilmagan.

Bir necha soat oldin hodisa talafotlarini o‘rganishga kirishgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozircha hodisa bo‘yicha batafsil ma'lumot taqdim etmadi.

Kun.uz muxbirlarining voqea joyida qo‘shimcha ma'lumot olishga bo‘lgan urinishlari besamar bo‘lmoqda.

OAVda avariya oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgani taxmin qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Mavzu
Yunusoboddagi fojia
18 dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yer o‘pirilishi ro‘y berib, 6 nafar ishchini tuproq bosib qoldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top