18:16 / 21.12.2019
0
9195

«Qamchiq» dovonidagi vaziyat tufayli yana bitta qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Foto: LiveJournal

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Qamchiq dovoni yo‘nalishidan foydalanadigan barcha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2019 yil 21 dekabr kuni yana bitta qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

62/61-sonli Toshkent – Qo‘qon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan qo‘shimcha poyezd bugun, 21 dekabr kuni soat 22:40da Toshkent-Janubiy vokzalidan jo‘naydi, 22 dekabr kuni soat 03:17da Qo‘qon vokzaliga yetib boradi. 

22 dekabr kuni tonggi soat 04:05da esa mazkur poyezd Qo‘qon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadi va shu kuni soat 08:55da Toshkent-Janubiy vokzaliga kirib keladi.

Bildirilishicha, joriy etilgan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishidagi mavjud yo‘lovchi poyezdlar harakat jadvaliga ta'sir etmaydi.

Bundan oldin, «Toshkent - Angren - Orzu - Pop - Toshkent» yo‘nalishida vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top