16:55 / 22.12.2019
1
5569

O‘zbekistonda saylovchilar ilk marta identifikatsion belgilar bilan qayd etildi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 516-saylov uchastkasi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 516-saylov uchastkasida 784 nafar saylovchining barchasi identifikatsion belgilar asosida qayd etildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, saylov uchastkasida uchta biometrik identifikator o‘rnatilgan bo‘lib, fuqaro pasporti bilan kelib, uni identifikatorga qo‘yadi. Kompyuterga o‘rnatilgan videoregistrator fuqaroning bazada mavjudligini va qarshisida turgan odam identifikatorga qo‘yilgan pasport egasi ekanini qayd etsa, unga byulleten beriladi.

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 516-saylov uchastkasi

Jarayonda muammo yuzaga kelmasligi uchun 2-umumta'lim maktabi binosida joylashgan saylov uchastkasi yuqori tezlikka ega internet bilan ta'minlangan hamda tajribali mutaxassislar biriktirilgan.

Mutasaddilarga ko‘ra, mazkur usul bilan bir saylovchi boshqa saylovchining o‘rniga byulleten olmasligi kafolatlanadi.

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 516-saylov uchastkasi

Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi 20ta saylov uchastkasiga biometrik pasport asosida shaxsni identifikatsiya qiluvchi qurilmalar sinov tariqasida o‘rnatilgan. Tajribadan ijobiy xulosa olingan taqdirda, kelgusi saylovlarda barcha saylov uchastkalariga ana shunday qurilmalar o‘rnatiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning ma'lum qilishicha, soat 15:00ga qadar saylov jarayonini o‘zgartiradigan jiddiy kiberhujumlar bo‘lmagan.

Urganch shahridagi 28-saylov uchastkasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top