22:34 / 30.12.2019
1
44762

O‘zbekiston armiyasining jangovar qudrati deyarli 2 barobarga oshdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimda 2019 yil davomida erishilgan 15ta yuqori natijani sanab o‘tdi.

1. Sankt-Peterburg shahrida MDHga a'zo davlatlarning oliy ta'limgacha muassasalari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada O‘zbekiston «Temurbeklar maktabi» o‘quvchilari 2-o‘rinni egalladi.

2. O‘zbekiston armiyasining jangovar samardorligi 10-12 foizga, jangovar qudrat qariyb ikki barobarga oshdi.

3. Harbiy sohada maxsus tibbiy ko‘rik bosqichlari ikki barobarga qisqaradigan bo‘ldi.

4. Prezident qaroriga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

5. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Axloqiy-ruhiy ta'minot konsepsiyasi tasdiqlandi.

6. Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida ilk bor «Techno Discovery-2019» festivali o‘tkazildi.

7. Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan 200dan ortiq harbiy sozandalar «Yoshlar kuni»ga bag‘ishlab Xalqlar do‘stligi maydonida orkestrlar festivalini o‘tkazdi.

8. Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan jami 1239 nafar askarga imtiyozli kredit ajratildi.

9. Kattaqo‘rg‘onda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi eng katta poligon qurildi.

10. «Xalqaro armiya o‘yinlari – 2019»ning tank biatloni yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar eng yaxshi natijani qayd etib, g‘alabaga erishdi. Shuningdek, «Forish» poligonida o‘tkazilgan «Harbiy-tibbiy estafeta»da ham O‘zbekiston birinchilikni qo‘lga kiritdi.

11. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari «Markaz-2019» xalqaro o‘quv-mashg‘ulotida qatnashdi.

12. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida zamonaviy harbiy mojarolarga bag‘ishlangan birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

13. O‘zbekiston harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro «Kembriya patruli» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

14. Rossiya harbiy akademiyasida O‘zbekiston armiyasiga bag‘ishlangan maxsus burchak paydo bo‘ldi.

15. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari AQSh harbiy xizmatchilari (Missisipi, AQSh) o‘rtasida har yili an'anaviy ravishda o‘tkaziladigan «Eng yaxshi jangchi» harbiy tanlovida ishtirok etib, o‘z toifalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top