O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli etib Alisher Babayev tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi.
Bungacha ushbu lavozimni Jahongir Irgashev egallagan.
Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgdagi bosh konsulxona 2018 yil martida ochilgan.