21:43 / 01.01.2020
11
94524

Haydovchilar bodikamerasiz YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik huquqiga ega bo‘ldi

2020 yil 1 yanvaridan O‘zbekistonda YPX xodimlari xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi tartibi amal qila boshladi.

Endilikda haydovchilar bodikamerasi bo‘lmagan YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik huquqiga ega.

O‘z navbatida, YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma'lum qilish va noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun videoyozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirishga majbur.

Shu maqsadda Xitoyning «Xaytera» kompaniyasidan 6 ming 193ta bodikamera sotib olingan. Shulardan 2 ming 876tasi Toshkent shahri uchun ajratilgan.

Kamera kunduzi 25-30 metrgacha masofadagi obektni tasvirga ola oladi va ma'lumotlar bir oygacha saqlanadi. Undagi infraqizil yoritish qurilmasi esa tungi vaqtda 10 metrlik masofani yoritib, videoga olish imkonini beradi.

Qurilma bir marta quvvat olganda uzluksiz 8 soat ishlaydi. Bodikamera quvvati tugaganda YPX xodimi uni avtomatik quvvatlagichga ulagan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Bodikamerani YPX xodimi boshqarmaydi va uni o‘chirish imkoniga ega emas. Barchasi markaziy server orqali nazorat qilinadi. Moslama korpusi ochilmasligi uchun maxsus himoya bilan jihozlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top