02:58 / 02.01.2020
0
10562

«Arsenal» «MYu»ni mag‘lub etdi

Foto: Reuters

Angliya Premer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Arsenal» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Londonliklar ikki golni ham birinchi bo‘limda urishdi. 8-daqiqada Nikolya raqib jarima maydoniga o‘ziga kelib tushgan to‘pni osonlik bilan darvoza to‘riga joyladi. «Arsenal» bo‘lim oxirida yana bir gol urdi, 42-daqiqada burchak to‘pidan keyin Lyakazett bergan zarbani «Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea qaytardi, ammo qaytgan to‘pga Sokratis Papastatopulos yaqin masofadan turib kuchli zarba yo‘lladi.

Bu «Arsenal»ning Londondagi o‘yingohda 2019 yil oktyabridan buyon qo‘lga kiritgan ilk g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa ochkolari sonini 27taga yetkazdi va turnir jadvalida 12-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Manchester Yunayted» 31 ochkosi bilan 5-o‘rinni saqlab qoldi.

APL, 21-tur
Arsenal – Manchester Yunayted 2:0
Gollar:
Pepe - 8, Sokratis - 42
1 yanvar, «Emireyts»
Arsenal: Leno, Kolashinats (Saka, 69), Luiz, Sokratis, Meytlend-Naylz, Ozil, Jaka, Torreyra, Pepe (Nelson, 62), Lyakazett (Genduzi, 82), Obameyang. 
Manchester Yunayted: De Xea, Lindelyof, Van-Bissaka, Shou, Maguayr, Matich (Mata, 81), Jyeyms (Grinvud, 58), Fred, Lingard (Pereyra, 58), Marsyal, Reshford.
Ogohlantirishlar: Kolashinats (3), Saka (82).

Turning qolgan o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

21 turdan keyin turnir jadvalidagi holat:

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top