08:34 / 02.01.2020
0
33140

IIV tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimida lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Polkovnik Olimjon Mahkamovich Abdullayev Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O. Abdullayev bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasining bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top