14:30 / 03.01.2020
0
39945

Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab beqaror ob-havo saqlanib turadi, respublika hududining katta qismida ob-havo bulutli bo‘lib, ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. 

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, bu Turkmaniston hududidan nam havo oqimlari chiqishi davom etayotgani bilan bog‘liqdir. Kunduzgi harorat iqlimiy me'yorga yaqin bo‘lib 5-8 daraja iliqni, janubda 10-12 daraja iliqni tashkil qiladi. 

4-5 yanvar kunlari mamlakatda ob-havo o‘zgarmaydi. Avvalgidek vaqti-vaqti bilan ochilib, bulutli havo ustunlik qiladi, ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘adi. 4 yanvarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning shimoliy hududlarida faqat 4 yanvarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 yanvarda ushbu joylarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqqacha pasayadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top