11:19 / 06.01.2020
0
12925

Hindistondagi universitetda talabalar va o‘qituvchilarga hujum qilindi 

Foto: Rahul Gandhi Twitter

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlidagi Javaxarlal Neru nomidagi universitetda yuz bergan tartibsizliklarda 30 ga yaqin talaba va 12 o‘qituvchi jabrlandi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

5 yanvar kechki payt niqoblarda bo‘lgan va tosh hamda kaltaklar bilan qurollangan odamlar universitet yotoqhonasida talabalar va o‘qituvchilarga hujum qilgan.  

“Jinoyatchilar toshlar otishdi, yotoqxonaga bostirib kirishdi. Toshlar katta-katta edi. Men yiqilib tushdim, keyin tashqariga chiqib avtomobillar, jumladan mening avtomobilim talanganini ko‘rdim”, deb aytgan universitet professorlaridan biri Atul Sud.  

Ushbu hujumdan keyin Hindistonning bir nechta shahrida jabrlanuvchilar qo‘llab-quvvatloviga ommaviy namoyishlar boshlanib ketgan. Odamlar aybdorlarni topishni talab qilishgan va politsiyani harakatsizlikda ayblashmoqda. 

Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar va yetakchi muxolif partiya “Hindiston milliy kongressi” rahbari Raxul Gandi hujumni qoralashgan.

Hindistonda universitet rahbariyati va talabalar o‘rtasida yotoqxona uchun to‘lovning oshirilishi sababli 2 oydan beri qarama-qarshilik davom etmoqda. Talabalarning ta'kidlashicha, yotoqxona uchun to‘lovning oshirilishi ularning har oylik xarajatlarining 3 karra oshishiga olib kelgan. So‘l talabalar harakatlari vakillari avvalgi narxlar qaytarilishini talab qilishmoqda. Universitet rahbariyati esa narx oshishini yotoqxonalar uchun to‘lov 30 yildan beri oshirilmagani bilan oqlamoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top