22:53 / 07.01.2020
0
13637

Eron parlamenti AQSh qurolli kuchlarini terrorchilik tashkiloti deb topdi 

Eron parlamenti 7 yanvarda AQSh armiyasi va Pentagonni terrorchilik tashkilotlari deb tan oluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi. 

Ushbu hujjat 3 yanvarda AQSh harbiylari tomonidan eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javob tariqasida bir ovozdan qabul qilingan.

Qonun loyihasi matniga ko‘ra, “Pentagonning barcha a'zolari va u bilan bog‘langan barcha kompaniyalar, muassasalar va Qosim Sulaymoniyning o‘limiga aloqador barcha qo‘mondonlar” terrorchilar qatoriga qo‘shiladi. Hujjat, shuningdek, hukumat zimmasiga AQSh qurolli kuchlarining Eron manfaatlariga tahdid qiluvchi harakatlariga qarshi qat'iy choralar ko‘rish majburiyatini yuklaydi. 

Qonun loyihasi bandlaridan biriga ko‘ra, Eron ma'muriyati Sulaymoniy qo‘mondonlik qilgan “Al-Quds” bo‘linmasiga mudofaa qobiliyatini kuchaytirish uchun Eronning milliy rivojlanish jamg‘armasidan 200 mln yevro yo‘naltiradi. Ta'kidlanishicha, ushbu summani ajratishni Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy buyurgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top