10:30 / 10.01.2020
0
5353

Marg‘ilonda savdogarga tan jarohati yetkazgan shaxsga sud hukmi e'lon qilindi

2019 yil 22 avgust kuni taxminan soat 13:00larda 20 yoshli S.Ya. Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan savdo do‘konlaridan birida telefon sotuvchi fuqaro 21 yoshli A.I.ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganligi sababli o‘zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, o‘tkir tig‘li jism bilan A.I.ga nisbatan og‘ir tan jarohati yetkazib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.Ya.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov jarayonida unga JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan fuqaro S.Ya. ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top