Nigerda jangarilarning mamlakat g‘arbidagi harbiy lagerga qilgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 89 nafargacha oshdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Hujum 9 yanvarda sodir etilgan. Niger xavfsizlik xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, Niamey shahrida halok bo‘lgan harbiylarning dafn marosimi bo‘lib o‘tgan.
Ta'kidlanishicha, bu oxirgi yillar ichida Nigerda harbiylar orasidagi eng katta yo‘qotish hisoblanadi.