11:10 / 13.01.2020
1
16685

IIV YHXBB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarga noqulay ob-havo sharoitida ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirish lozimligi haqida murojaat yo‘lladi.

Qayd etilishicha, respublika hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yoqishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuni inobatga olgan holda, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa, dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishni, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmaslikni, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishni, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishni so‘ragan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top