00:53 / 13.01.2020
0
9345

Tartib shijoatni yengganda. Koreyslarni pley-offga olib chiqib, Eronni arosatda qoldirgan o‘yindan fotogalereya

Foto: KUN.UZ

Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. O‘zbekiston qatnashayotgan «S» guruhi vakillari Eron va Janubiy Koreya ikkinchi turda o‘zaro to‘qnash kelishdi. O‘yin koreyslarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Osiyoning ikki kuchli futbol mamlakati vakillari to‘qnash kelgani sabab o‘yin keskin kurashlar bilan kechishi kutilgandi. Bu bahsga shijoat va tartib to‘qnashuvi deb nom berish mumkin. Bugun har ikki jamoa o‘z xarakterini ko‘rsata oldi. Eron o‘yin oxirida juda kuchli bosim uyushtirdi, ammo mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi.

Koreyslar esa butun o‘yin davomida muvozanatni saqlab turgan holda haqli g‘alabaga erishdi. Koreya safida birinchi o‘yinda ham gol urgan Li Don Jun yana o‘zini ko‘rsatib, hisobni ochdi. U Janubiy Koreyaning yangi yulduzi sifatida ochilib bormoqda. Cho Gyu Sonning ham goli chiroyli chiqdi. Eron esa o‘yin oxirida hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, bundan ortig‘iga kuchi yetmadi. 

Quyida Eron — Janubiy Koreya o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Muhammadjon G‘aniyev olgan suratlar

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top