15:56 / 14.01.2020
1
41118

Iroq AQSh qo‘shinlarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror qayta ko‘rib chiqilmasligini bildirdi

Foto: REUTERS

Iroq hukumati mamlakatdan xorij qo‘shinlarini chiqarib yuborish to‘g‘risidagi parlament qarorini qayta ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda Iroq bosh vaziri devonxonasiga tayanib Al Mawazin portali xabar berdi.

"Iroq IShIDga qarshi kurashish uchun o‘z hududida Amerika qo‘shinlarini saqlab qolish to‘g‘risida hech qanday bitim imzolamaydi" , - deyiladi bayonotda. 

Bayonotda aytilishicha, vazirlar mahkamasi mamlakatdan xorij qo‘shinlari chiqarib yuborilishini talab qilib 5 yanvarda parlament tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Bag‘dodga "misli ko‘rilmagan sanksiyalar" bilan tahdid qilib, Iroqdan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketishdan bosh tortgandi. Bundan tashqari, uning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayyen ushbu rezolyutsiyani "majburiy kuchga ega emas" deb atadi. 

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top